35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanda chiqindi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi korxona mas’ullari bilan ularning faoliyatidagi kamchiliklar muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindi yig‘ish shoxobchalaridagi holat o‘rganildi
янв.21
Mahallada ichimlik suvi tarmog‘ini tortish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Chiqindi yig‘ish va olib chiqib ketish xizmati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
“Tashabbusli budjet” takliflari ko‘rib chiqildi
Sessiya oldi o‘rganish: hududlarda sanitariya holati nazorat qilinmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumanda sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Pardayev tomonidan Go‘zalkent MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi sanitariya holati, maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimi ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, mahalladagi 7 ta ko‘chadan biri bo‘lgan Moxidil-1 hududidagi ko‘p qavatli uylar chiqindi maydonchasida sanitariya holati talab darajasida emas. Chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilmagani natijasida hududda noqulay holat yuzaga kelgan.
Deputat tomonidan aniqlangan muammo tegishli tashkilotlar e’tiboriga yetkazilib, chiqindilarni muntazam olib chiqish, chiqindi maydonchasini tartibga keltirish hamda hudud sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari belgilandi.

Slide 1 of 2