35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
#nazorat

Aholining madaniy hordiq chiqarishi va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishda madaniyat maskanlarining oʻrni beqiyos. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Sevar Qodirova hamda biriktirilgan bosh mutaxassis Mukarram Ne’matullayeva tomonidan Olmaliq shahar "Metallurg" madaniyat markazining faoliyati atroflicha oʻrganildi.

Deputat va mutaxassis tomonidan maskan boʻylab amalga oshirilgan monitoring jarayonida quyidagi yoʻnalishlar birma-bir koʻzdan kechirildi:
🎭 Toʻgaraklar faoliyati, madaniy tadbirlar saviyasi hamda sahnaning texnik va estetik holati;
✨ Xonalar, yoʻlaklar hamda yordamchi binolarda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi;
👥 Madaniyat markazi jamoasining ish tartibi, tashrif buyuruvchilarga koʻrsatayotgan xizmat muomalasi va kasbiy yondashuvi;
🛋 Kutish zallari, oʻrindiqlar va aholi hordiq chiqarishi uchun moʻljallangan qulayliklar.

Oʻrganish yakunida aniqlangan yutuqlar bilan birga, madaniyat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, tomoshabinlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
"Aholimiz, ayniqsa yoshlarimiz uchun madaniyat va sanʼat maskanlarida barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan boʻlishi doimiy eʼtiborimizda turadi."

Xalq manfaati va hududlar obodligi yoʻlidagi deputatlik nazorati va oʻrganishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6