35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
#uchrashuv #tibbiy_xizmat #qonunchilik

Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda sohadagi mavjud masalalarni joyida o‘rganish va hal etish bugungi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Bugun Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va salomatlikni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv va davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

👥 Tadbirda ishtirok etdilar:
Qizilgul Qosimova — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati;
Sevar Qodirova — Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri;
Ergash Abdurayimov — Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari;
Laziz Xodjinazarov — Shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i;
Tizimda mehnat qilayotgan soha mutaxassislari va shifokorlar
.
📌 Muloqot va asosiy masalalar
Muloqot davomida bugungi kunda birlashma tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasi, profilaktika va o‘z vaqtida tashxis qo‘yish ishlarining samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tadbir doirasida:
Qonunchilikka takliflar: Tibbiyot sohasini yanada takomillashtirish, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash hamda xizmat sifatini oshirishga qaratilgan qonunchilik takliflari ilgari surildi.

Birlashmadagi mavjud moddiy-texnik va tashkiliy masalalar, shuningdek, aholidan tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, ularni hal etish choralari belgilandi.
Deputat va shahar mutasaddilari tibbiyot xodimlarining taklif va mulohazalarini tinglab, sohadagi dolzarb vazifalarni samarali tashkil etish bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish hamda bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 6