35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
Bolalar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

Tadbir davomida “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–139, 2008-yil 7-yanvar) hamda “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–364, 2014-yil 2-yanvar)ning mazmun-mohiyati, ushbu qonunlarda belgilangan bola huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ota-onalar, vasiy va homiylarning huquq hamda majburiyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, voyaga yetmagan farzandlarni chet davlatlarga olib chiqish tartibi, bunda ota-onalarning roziligi, qonunchilikda belgilangan talablar va hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ota-onalarga farzandlarning huquq va manfaatlarini har qanday vaziyatda ustuvor hisobga olish, ularning xavfsizligi va ta’lim olish huquqini ta’minlash bo‘yicha amaldagi qonunchilik normalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, chet davlatlardan qaytib kelgan bolalarni shahar umumta’lim maktablariga joylashtirish tartibi, buning uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar, ta’lim jarayoniga uzluksiz jalb etish hamda vakolatli tashkilotlarning bu boradagi vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan ota-onalarni qiziqtirgan savollarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.
️Tadbir yakunida bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning sifatli ta’lim olishini ta’minlash hamda ota-onalarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, qonunchilik talablariga rioya etish, farzandlar taqdiri bilan bog‘liq masalalarda mas’uliyatni yanada kuchaytirish va vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish muhimligi yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri ota-onalarning huquqiy bilimlarini oshirish, bolalarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda amaldagi qonunchilik mazmunini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qildi.

Slide 1 of 1