35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
#qonun_ijrosi #ijtimoiyhimoya #deputatnazorati

“Keksa yoshdagilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-sonli Qonuni talablari ijrosini ta’minlash borasida Olmaliq shahrida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi 1-okrug deputati Faxriddin Matasimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva boshchiligida shahardagi “So‘fi Olloyor” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish samaradorligi maxsus savolnoma asosida atroflicha o‘rganib chiqildi.
📊O‘rganish davomida:
♻️Mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, e’tiborga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam holati tahlil qilindi.
🔰O‘RQ-415-sonli Qonunda belgilangan ijtimoiy xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilayotgani ko‘rib chiqildi.
♻️Aholi ehtiyojlarini aniqlash va ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ijtimoiy xodimning savolnoma bo‘yicha olib borayotgan ishlari baholandi.

🤝 Xulosa va kelgusi vazifalar
O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, mahallada ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoitini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bajarilgan ishlar bilan bir qatorda, aniqlangan taklif va mulohazalar asosida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Keksa va ko‘makka muhtoj fuqarolarimizga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik ko‘rsatish — deputatlik faoliyatimizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4