35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
Deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–528-son Qonuni ijrosi savolnoma asosida o’rganildi.

O‘rganish obyekti: 10-son oilaviy shifokorlik punkti
Deputat: Xasanova Durdona Otaxonovna
Sana: 2026-yil 7-avgust
O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, homilador ayollarni kuzatuvga olish, ona va bola salomatligini himoya qilish hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, muassasada qonun talablarini bajarish bo‘yicha muayyan ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda takomillashtirish zarur bo‘lgan masalalar mavjudligi qayd etildi.
Jumladan:
🔹 aholi, ayniqsa yoshlar va yangi oila qurgan fuqarolar o‘rtasida reproduktiv salomatlik bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish;
🔹 profilaktik tibbiy ko‘riklar qamrovini kengaytirish;
🔹 xavf guruhidagi fuqarolar bilan manzilli ishlashni takomillashtirish;
🔹 qonun ijrosi bo‘yicha hujjatlar va hisobotlarni belgilangan talablar asosida yuritishni kuchaytirish;
🔹 tibbiyot xodimlarining ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Deputatlik nazorati doirasida mazkur yo‘nalishdagi ishlar monitoringi davom ettiriladi.

Slide 1 of 1