35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
📍 Xaftalik tasdiqlangan ish reja asosida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining haftalik tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, 9-Yangiobod saylov okrugi deputati Xasanova Durdona Otaxonovna tomonidan saylov okrugidagi aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
O‘rganish ishlari 10-son oilaviy shifokorlik punktida olib borildi. Jarayonda birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, muolaja xonalarining holati, zarur tibbiy jihozlar va dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, dori vositalarining yaroqlilik muddati hamda saqlash sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan muomala madaniyati, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirilishi, profilaktik ko‘riklar va patronaj xizmatlarining tashkil etilishi o‘rganildi. Muassasada tibbiy hujjatlarning yuritilishi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati amaldagi talablar asosida baholandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tibbiyot xodimlariga tegishli tavsiyalar berildi hamda aholiga sifatli va uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3