35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashning asosiy ish shakli sessiyadir.
янв.21
Mahalliy Kengashga uning deputatlari orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi.
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tibbiy xizmat sifati va bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlanish holati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning sayyor qabuli o‘tkazildi
янв.21
Istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida markaz faoliyatining bir qator yo‘nalishlari tahlil qilinib, xizmat ko‘rsatish jarayonida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ba’zi xizmat turlari bo‘yicha fuqarolarning kutish vaqtining uzayishi, maslahat va tushuntirish ishlarining yetarli darajada tashkil etilmaganligi hamda elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatishni yana-da kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, murojaatchilarga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yana-da yuksaltirish, murojaatlarni tezkor va sifatli hal etish borasidagi ishlarga tanqidiy baho berildi. Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlardan foydalanish jarayonini soddalashtirish hamda aholi roziligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
O‘rganish yakunida Davlat xizmatlari markazi faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va fuqarolarga yana-da qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2