35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
Mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Texnikum yangi o‘quv yiliga tayyorlash va zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 40 kun”: Bog‘chaovul mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablari asosida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi To‘ychiyev Naimjon Yusupovich olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala sifatida Parkent tumanidagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash bo‘yicha
amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilshod Azimboyevning hisoboti tinglandi.Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash ishlari “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida tashkil etilayotgani yuzasidan savollar berilib, tegishli tushuntirishlar olindi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning qonunchilikka muvofiqligi,aholi manfaatlari va tarixiy-madaniy qadriyatlarni inobatga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan namunaviy doimiy komissiya qarori asosida doimiy komissiyaning tegishli qarori rasmiylashtirildi.
  

Slide 1 of 7