35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
Mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Texnikum yangi o‘quv yiliga tayyorlash va zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 40 kun”: Bog‘chaovul mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi "Yangi obod" mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan O‘RQ–371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktika tizimi samaradorligini yanada oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, mahallaga kirish va chiqish yo‘llarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining texnik holati, ularning uzluksiz ishlashi, kuzatuv qamrovi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Shuningdek, videokuzatuv kameralarining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida ularga muntazam texnik xizmat ko‘rsatish, profilaktik nazoratni kuchaytirish hamda mavjud kuzatuv tizimlarini doimiy monitoring qilib borish masalalari ham muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish, videokuzatuv vositalaridan samarali foydalanish, fuqarolarning osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3