35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
Mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Texnikum yangi o‘quv yiliga tayyorlash va zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 40 kun”: Bog‘chaovul mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi "Yangi obod" mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

👥O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

📁Muhokama davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

🚔Shuningdek, mazkur yo‘nalish bo‘yicha Qo‘qon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan fikr almashilib, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, notinch oilalar hamda xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.

✅Mazkur masalalar deputat tomonidan nazoratga olinib, sessiyada ko‘rib chiqiladigan hisobot va takliflarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

🇺🇿Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3