35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
Mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Texnikum yangi o‘quv yiliga tayyorlash va zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 40 kun”: Bog‘chaovul mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Deputatning 2026-yilning 6 oylik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg'amova tomonidan 26-"Yangi obod" saylov okrugi hududidagi "Yangi obod" mahalla fuqarolar yig‘inida 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov, mahalla faollari hamda saylovchilar ishtirok etdi.

Deputatning hisobot axboroti Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘qib eshittirildi. Unda hisobot davrida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar, deputatlik nazorati tadbirlari hamda tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni amaliy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8