35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA VA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimi, isitish uskunalari va qozonxonalarining texnik holati, issiqlik uzatish tarmoqlarining sozligi, shuningdek, o‘quvchilar uchun xavfsiz va munosib sharoitlar yaratilganligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish davomida maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, maktabdagi sinfxonalarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda va mazkur ishlarni 15-avgustga qadar yakunlash rejalashtirilgan.Shuningdek, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham reja asosida olib borilayotgani aniqlandi. Maktabdagi qozonxonalar foydalanishga tayyor holatga keltirilgan bo‘lib, yong‘in xavfsizligi vositalari va zarur anjomlar bilan ta’minlangan.O‘rganish yakunida maktabning yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 3