35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI TOMONIDAN UNGA YUKLATILGAN MASALALARNI AMALGA OSHIRILISHI HOLATI BO‘YICHA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Qizilsoy”, “Novdak”, “Nevich” va “Yangi Sanganak”mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan soliq inspektori R. Qambarovga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati atroflicha o‘rganildi.Jumladan, hududda aholining soliq madaniyatini oshirish, fuqarolarga soliq qonunchiligidagi yangiliklarni yetkazish,tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar yuzasidan olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, 2026-yilning joriy davri mobaynida soliq inspektoriga biriktirilgan mahallalarda soliq tushumlari holati yuzasidan ma’lumotlar olindi. Soliq inspektori tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shu vaqtga qadar yer solig‘i bo‘yicha 1 363 013,7 ming so‘m tushum amalga oshirilgan, qoldiq 1 593,9 ming so‘mni, mol-mulk solig‘i bo‘yicha esa 305 042,3 ming so‘m tushum amalga oshirilgan, qoldiq 421 796,4 ming so‘mni tashkil etishi ma’lum qilindi.Soliq inspektori tomonidan hudud aholisiga soliq islohotlarining mazmun-mohiyati, amaldagi imtiyozlar, shuningdek, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berib borilayotgani ta’kidlandi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan mahallalarda soliq intizomini mustahkamlash, soliq qarzdorligini kamaytirish,yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish hamda aholining tadbirkorlik faolligini yanada oshirish borasidagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 4