Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularning taklif va tashabbuslari, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va faolligini oshirish, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga rag‘batlantirish, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ularning ijrosi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.