Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova, "Madad" NNTning Zomin tuman Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I.Tashbayev bilan hamkorlikda hudud aholisi uchun huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Tadbir davomida fuqarolarning ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar belgilandi.