DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonun ijrosini o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.
🔎 O‘rganishda davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishning davlat tilida olib borilishi, rasmiy hujjatlar, tashqi va ichki lavhalar hamda axborot vositalarining davlat tilida rasmiylashtirilishi holati tahlil qilinadi.
📝 Deputatlar tomonidan ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining to‘liq qo‘llanilishi fuqarolar davlat tilida murojaat qilish huquqi ta’minlanishi yuzasidan nazorat savollari ishlab chiqildi