O‘rganish davomida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiyot xodimlarining ish sharoitlari, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.