35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#nazorat

Olmaliq shahrida investitsiya faoliyati bilan tanishish hamda tadbirkorlik subyektlarining ish jarayonlarini oʻrganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Kuni kecha Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Shermuhammad Begiyev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov tomonidan navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.

Ishchi guruh shahardagi Ibn Sino mahallasi hududida joylashgan “Evro Pallet” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Korxona holati: Bugungi kunda mazkur korxonada 4 nafar mahalliy fuqaro doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan.
Muammolar yechimi: Oʻrganish davomida korxonaning bugungi faoliyatida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va toʻsiqlar aniqlandi.

⚠️ Muhim: Aniqlangan barcha muammolar shahar mutasaddilari tomonidan qatʼiy nazoratga olindi va ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar belgilandi.
Shahrimizda har bir investor va tadbirkor qoʻllab-quvvatlanishi, ularning muammolari qonuniy yechim topishi doimiy eʼtiborda.

Slide 1 of 3