35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
Mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Texnikum yangi o‘quv yiliga tayyorlash va zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 40 kun”: Bog‘chaovul mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Termiz shahriga yangi olib kelingan jamoat avtobus transporti tizimi o'rganildi

Shu doirada Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi hamda "Termiztransportxizmat" MCHJ hamkorligida Xitoyning "ZHONGTONG BUS" kompaniyasida ishlab chiqarilgan 35 ta zamonaviy avtobus viloyatga yetkazib kelingan edi.

Bugungi kunda mazkur avtobuslarning faoliyati va yana "Zhong tong bus" kompaniyasidan yangi olib kelingan 15 ta avtobuslar deputatlar tomonidan o'rganildi.

Mazkur jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, 15-sanoat saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati X.Allamurodov, shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, shahar Kengashi deputati X.Xolmo'minov hamda tegishli mas'ullar ishtirok etdi.

Qolaversa, Termiz shaharning transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish va yangi jamoat transporti yo‘nalishlarini tashkil etish bo'yicha Kengash qarorlari qabul qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Kengashining 2026-yil 2-iyul kuni Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishida e’tirof etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida ham mazkur masala nazoratga olingan.

Deputatlar tomonidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi. Kelgusida Termiz shahrida yo‘lovchi transportini yanada yangilash va avtobuslar parkni kengaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6