35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🌿 Obodlik — hamjihatlikdan boshlanadi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich o‘zi saylangan “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududida “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganmoqda.

🤝 Deputat tomonidan mahallada obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish, aholi o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlash yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

🔍 Shu bilan birga, hududdagi maktablar atrofi, ichki ko‘chalar hamda asosiy yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining borishi joyiga chiqqan holda kuzatib borilmoqda.

💬 Aholi bilan suhbatlarda mahallani yanada obod va fayzli maskanga aylantirishda har bir fuqaroning faol ishtiroki muhim ekani ta’kidlanmoqda.

🌱 Obod mahalla — hamjihatlik, tashabbus va birgalikdagi harakat natijasidir.

Slide 1 of 1