35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Dilshod Shoumarov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dilshod Shoumarov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Uchtepa tumanidagi Qoziguzar mahallasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 21–Uchtepa saylov okrugidan saylangan deputati Dilshod Shoumarovning 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan saylovchilar oldida ochiq muloqot va hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

📝 Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan namunaviy tartib asosida tashkil etildi. Unda deputatning ikkinchi chorak davomida amalga oshirgan ishlari, deputatlik nazorati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda saylov okrugida olib borilgan faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi.

🔎 Deputat o‘z faoliyatida saylovchilar bilan bevosita muloqotni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilaganini ta’kidlab, hisobot davrida Alixonto‘ra Sog‘uniy, Diydor, Diyorobod, Foziltepa, Katta Qa’ni, Ko‘ksaroy, O‘rikzor, Qoziguzar, Uchtepa, Yangiyo‘l, Yusuf Sakkokiy va Zarafshon mahalla fuqarolar yig‘inlarida muntazam uchrashuvlar o‘tkazilganini qayd etdi.

🔺 Okrug hududidagi mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar joyiga chiqib o‘rganildi. Natijada bir qator muammolar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etildi. Shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning asosiy qismi mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi.

🗣 Hisobot davrida deputat Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasida faol ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet ijrosi, ijtimoiy sohani takomillashtirish hamda kommunal infratuzilmani yaxshilashga oid masalalar muhokamasida o‘z takliflarini bildirdi.

📋 Shuningdek, 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida qatnashib, deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududlardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ijrosi yuzasidan masalalar muhokamasida faol ishtirok etdi.

📉 Deputat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 26 marotaba ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot va chiqishlar e’lon qilinib, jamoatchilikka yetkazildi.

💡 Uchrashuv davomida deputat mahalliy Kengashlarning vakolatlari, deputatlik nazoratining mazmun-mohiyati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda "E-Kengash" platformasi orqali elektron murojaat yuborish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berdi.

📁 Mazkur yig‘ilishda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati vakillari, Uchtepa tumani hokimligi mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida axborot berdilar hamda ishtirokchilarning savollariga javob qaytardilar.

🤝 Yakunda saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar deputatlik nazoratiga olinishi, ularni tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10