Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat G‘.I. Abdullayev tomonidan “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning profilaktika inspektori bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.

Kengashning 13 – 17-iyul kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq deputat G‘.I. Abdullayev tomonidan “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning profilaktika inspektori bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.

Ushbu o‘rganish jarayonlarida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati xodimlari S.Nabiyev va S.Meliqo‘ziyevlar deputat G‘.I. Abdullayevning “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasining profilaktika inspektori X.Abdusattorov tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlari sarhisobi ko‘zdan kechirildi.
Bunda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
-hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati;
-mahallada fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash holati;
-huquqbuzarliklar profilaktikasi;
-mahallada internet firibgarliklarining oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot va profilaktika tadbirlarini o‘tkazilishi holati.

So‘ngra o‘rganish yakunida “Boboshbek” mahallasining profilaktika inspektoriga yuqoridagi masalalar yuzasidan ushbu sohaga doir Qonun va qonunosti hamda Prezident hujjatlari va topshiriqlarining mazmun mohiyati bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirib o‘tildi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi 

Slide 1 of 4