Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

Doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig'ilishida:

✍️ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Azimovning;

✍️ Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida hamda Uchtepa tumanida yangi tizimda rivojlanishning 2026-2027-yillarda amalga oshiriladigan strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi yuzasidan, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Azimovning hisoboti eshitilib, muhokama qilinib, atroflicha ko‘rib chiqildi.

   💬 Doimiy komissiya raisi Jamshid Karimov hamda doimiy komissiya a’zolari — B.Xalmatov, S.Malikova hamda K.Azizovlar hisobotlarni tinglab, o‘z saylov okruglarida uchrayotgan muammolar va tumandagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Savol-javoblar jarayonida ajratilayotgan mablag'alarni maqsadli sarflanishi hamda chora-tadbirlar rejasi doirasida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

💼 Mazkur doimiy komissiya yig'ilishida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov, bosh mutaxassislar U.Abilov va Z.Kuziyevalar ham ishtirok etdilar.

📝 Muhokamalar yakunida doimiy komissiya deputatlari tomonidan mazkur masalalarni sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5