#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan Toxirshayx mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Toxirshayx mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda mahallani rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan fikr almashilib, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish, fuqarolarga sifatli huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|