Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat F.Islomova “Dolzarb 90 kunlik” doirasida o‘rganishlar olib bordi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Islomova “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlarni o‘rgandi.

Mazkur dastur yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni sport, madaniyat va kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan tashabbuslarni o‘z ichiga oladi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning taklif va muammolari tinglandi.

Shuningdek, hududda tashkil etilgan to‘garaklar, sport mashg‘ulotlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar vakillariga mavjud muammolarni bartaraf etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ijtimoiy faollikka keng jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2