Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
Kitob tumanida o‘quvchilar uchun ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi
Kitob tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitob baland tog‘ rasadxonasi” ga ilmiy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi.
Mazkur sayohatda 4-umumta’lim maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etib, astronomiya va ilmiy tadqiqotlar olami bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat yoshlarning dunyoqarashini boyitish hamda ularni ilm-fanga rag‘batlantirish maqsadida 10-Palandara saylov okrugi deputati D. Inoyatova hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirov tashabbusi bilan tashkil etildi va unga deputat hamrohlik qildi.

#Dolzarb_90_kun
#ish_reja_ijrosi

KENGASH_FAOLIYATI
Slide 1 of 7