Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Abdumurodov tomonidan Oqmang‘it mahallasi hududida joylashgan 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati va mavjud sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari, oziq-ovqat ta’minoti hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilish holati o‘rganildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati va xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va ehtiyojlar tinglandi.

Aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda bolajonlar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Farzandlarimizning sifatli ta’lim-tarbiya olishi va maktabgacha ta’lim muassasalarida munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom etadi.

Slide 1 of 5