🏘 Nurafshonda kommunal xizmatlar holati deputatlar nazoratida
Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev va A.Churatayevalar tomonidan #uylarda_issiq_va_sovuq_suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minotidagi muammolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:
🔹 Elektr energiyasi va tabiiy gaz bosimining barqarorligi hamda tizimdagi uzilishlarning oldini olish choralari;
🔹 Aholini toza ichimlik suvi va issiq suv bilan ta’minlash darajasi, tarmoqlardagi nosozliklarni bartaraf etish holati;
🔹Kommunal sohadagi mavjud muammolar va aholi murojaatlarining ijro etilishi.
Deputatlar bevosita aholi bilan muloqot qilib, kommunal soha mutasaddilariga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berishdi.
Mas'ul mutaxassis I.Omonboyev