Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashi deputati E.Mirzayeva tomonidan Ziyokor mfyda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlarda aholi bandligini taʼminlash,ayniqsa yoshlar bandligi, ularning tadbirkorligini qollab-quvatlash, yoshlar uchun yaratilyotgan imkoniyatlar holati oʻrganildi.
Deputat tomonidan yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlarida boʻlinib, Yoshlarlarning muamolari, taklif va tashabuslari tinglandi.Uchrashuvda yerlardan unumli foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, qoʻshimcha daromad manbalarini yaratish, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va qoʻllab-quvatlash mexanizmlaridan keng foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.