Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestrida bo‘lgan fuqaroga ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar muammolari deputatlar tomonidan hal etildi
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi
янв.21
Bugun xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati N.Nishonovlar Cho‘lobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi va hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati N.Nishonovlar Cho‘lobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi va hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif doirasida mahalla raisi va mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash
hamda bandlikni ta’minlash borasidagi faoliyat muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida mahalla yettiligi a’zolari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Jumladan, profilaktika inspektori tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash, yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash, xotin-qizlar faoli tomonidan ayollar muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborot taqdim etildi. 

Slide 1 of 3