Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestrida bo‘lgan fuqaroga ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar muammolari deputatlar tomonidan hal etildi
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi
янв.21
Bugun xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Parklar, xiyobonlar va bog‘lar holatini o‘rganish maqsadida tuman Kengashi kotibiyati mudiri X.Berdiyarova, deputatlar A.Odilov hamda X.Jo‘raxolovlar ishtirokida tuman markazida joylashgan istirohat bog‘ida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari tuman Kengashining 27-sessiyasida muhokama qilingan hamda istirohat bog‘ida sug‘orish tarmog‘ini barpo etish uchun ajratilgan 200,0 million so‘m mablag‘ ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan muhokama o‘tkazildi.

Mas’ullar tomonidan ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda sug‘orish tarmog‘ini barpo etish bo‘yicha loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda. Loyiha hujjatlari yakunlangach, qurilish-montaj ishlarini yaqin kunlarda boshlash rejalashtirilgan.

Deputatlar tomonidan mazkur mablag‘larning maqsadli sarflanishi, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5