Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Tumanda amalga oshirilayotgan turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish, kiberjinoyatga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIATI O‘RGANILDI

YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Erkin Navro‘zov hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy shahrining Lochin mahallasida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy ishlar holati tahlil qilindi. Xususan, yoshlar yetakchisi tomonidan mahalladagi uyushmagan yoshlarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularning murojaatlari va muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi. Mahallada istiqomat qiluvchi yoshlarning ta’lim olish, kasb egallash, sport va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, sport musobaqalari va turli tanlovlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahalladagi muammoli yoshlar bilan individual ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Yakunda mahallada yoshlar siyosatini amalga oshirish, yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasida olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish hamda hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2