Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Tumanda amalga oshirilayotgan turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish, kiberjinoyatga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Sahovat mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati, ularning murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda amaliy yordam ko‘rsatish jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, yolg‘iz yashovchi fuqarolar va kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, manzilliligi hamda ularning ehtiyojlariga mosligi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ijtimoiy xizmatlarni sifatli tashkil etish, ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning hayot sifatini yaxshilash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 4