Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestrida bo‘lgan fuqaroga ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar muammolari deputatlar tomonidan hal etildi
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi
янв.21
Bugun xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni

9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni

Hurmatli arxiv sohasi xodimlari va faxriylari!

Sizlarni 9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Arxivlar xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va bebaho merosini asrab-avaylashda muhim o‘rin tutadi.

Yurtimizning kechmishi, buguni va kelajagini bog‘lovchi noyob hujjatlarni saqlash, ularni ilmiy muomalaga kiritish hamda kelgusi avlodlarga yetkazishdek sharafli va mas’uliyatli vazifa aynan sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda arxiv ishini rivojlantirish, sohani raqamlashtirish va zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlarda sizlarning munosib hissangiz alohida e’tirofga loyiq.

Shu munosabat bilan barcha arxiv sohasi xodimlariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi