Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestrida bo‘lgan fuqaroga ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar muammolari deputatlar tomonidan hal etildi
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi
янв.21
Bugun xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Deputatlik nazorati amalda: “Eskishahar” mahallasida ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, uy-joyi ta’mirlanayotgan fuqaro O.Zoirov xonadonida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur o‘rganishlar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosini nazorat qilish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida:
qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati;
ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi;
ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi;
xonadon egasining fikr-mulohazalari va mavjud ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi.

Yangi O‘zbekistonda inson qadri va ijtimoiy himoya tamoyillari asosida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida hal etish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarning har bir fuqaroga manzilli yetib borishini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3