Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestrida bo‘lgan fuqaroga ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar muammolari deputatlar tomonidan hal etildi
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi
янв.21
Bugun xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
“Kokildorota” mahallasida "Yettilik" tizimi nazoratda: PF-209-sonli farmon va deputatlarning “24 ta eng muhim yo‘nalish”i ijrosi tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengash deputati M.Sidiqova saylov okrugiga qarashli “Kokildorota” mahallasida bo‘ldilar.

Mas’ullar tashrif davomida mahalla xodimlarining (mahalla yettiligining) bugungi kundagi ish faoliyati, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar xususida mahalla raisi bilan atroflicha suhbat olib bordilar.

Ushbu jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

Tahlil jarayonida quyidagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi:
▫️"Yettilik" tizimining integratsiyasi: Mahalla raisi yetakchiligida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorining o‘zaro hamkorlikda ish tashkil etishi;

▫️Kambag‘allikni qisqartirish: Mahalladagi ehtiyojmand oilalarni xonadonbay o‘rganish, ularni Ijtimoiy reyestr asosida manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash borasidagi amaliy choralar;

▫️Murojaatlar bilan ishlash: Fuqarolardan kelib tushayotgan kundalik muammolarni joyida hal etish samaradorligi.

Muloqot yakunida Kengash raisi D.Normuradova hamda Kotibiyat mas’ullari tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini yanada jonlantirish, aholi bilan doimiy va ochiq muloqot tizimini kuchaytirish, rasmiyatchilik holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zaruriy metodik tavsiyalar va aniq ko‘rsatmalar berildi.

Maqsadimiz — har bir mahallada "inson qadri" tamoyili asosida aholi roziligiga erishish va munosib turmush sharoitini yaratishdir!

Slide 1 of 2