Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Tumanda amalga oshirilayotgan turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish, kiberjinoyatga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
#Kengash_faoliyati 👨‍💼 Mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi

Bugun Oliy Majlis Senati Raisi tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatining 5 oylik yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyatida ishchi muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada Kengash kotibiyat mudiri, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Qarshiyev ishtirok etib, Senat tomonidan berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni tumanda samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, deputatlik nazoratini kuchaytirish, doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash hamda Kengashning nazorat-tahlil faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, yaqin muddatda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullar kesimida vazifalar taqsimlanib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

✅ Belgilangan vazifalar ijrosi Kengash kotibiyati tomonidan tizimli nazorat qilib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4