Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati hamda ular tomonidan yuritilayotgan hujjatlar holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish ishlari va mahalla binosini qayta qurish taklifi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Irrigatsiya tarmoqlari holati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Piyodalar xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining olib borayotgan ishlari o‘rganildi
Deputat "Turkiston" mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-"Yangi obod" saylov okrugi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig'inida saylovchilar bilan uchrashuv va fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla raisi bilan mahalla idorasi qurilishi va unda olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi. Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi S.Kenjayevning ish faoliyati o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 9 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit mablag‘lari ajratilgan. Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan 3 nafar fuqaroga subsidiya mablag‘lari berilib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish yakunida aholi bandligini oshirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3