Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BO'STONLIQ TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 29-IYUN - 3-IYULGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 22–26-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYJESTI
янв.21
Aholining tomorqa ekinlarini sug‘orish bo‘yicha mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholining suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolari “xonadonbay” o‘rganildi
Ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari ijrosi atroflicha tahlil qilindi

Yig‘ilishda shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli dastur ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda istiqboldagi vazifalar atroflicha tahlil qilindi.

Muhokamalar davomida ichki yo‘llarning texnik holati, ta’mirlash ishlarining sifati va samaradorligi, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, shuningdek, aholining ushbu yo‘nalishdagi murojaatlari va ehtiyojlari yuzasidan fikr almashildi. Deputatlar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlashda ustuvorlik mezonlariga qat’iy rioya etish, ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan qator taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan tegishli xulosalar qabul qilinib, 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli dastur ijrosini samarali tashkil etish hamda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7