Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Tumanda amalga oshirilayotgan turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish, kiberjinoyatga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi obodonlashtirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
Deputat so‘rovi: Aholi murojaatlari e’tiborda!

Deputat so‘rovi: Aholi murojaatlari e’tiborda!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Shuxratjon Xaydarkulovich Raxmonov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Kenjayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Uzun tumani “Chaqar” mahallasining “Chinor” va “Yoshlik” ko‘chalari ta’mirlanmaganligi sababli bahorda loy, yozda esa chang-to‘zon bo‘lib, aholi qatnoviga jiddiy qiyinchilik tug‘dirib kelayotgan edi. Ushbu masala yuzasidan saylovchilar tomonidan deputatga qayta-qayta murojaat kelib tushgan.

Deputat Sh.Raxmonov qonuniy vakolatlaridan kelib chiqib, mazkur ko‘chalarga tosh-shag‘al to‘kib berish muammosini ijobiy hal etish hamda amaldagi ishlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etish yuzasidan rasmiy so‘rov kiritdi.

Aholi farovonligi va yo‘llar obodligi yo‘lidagi ishlar nazoratga olingan.