Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi deputatlik guruhi rahbari Mansurxon Xayrulloyev ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda "Bozorjoyi" MFYda joylashgan 32-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida keng qamrovli oʻrganish ishlarini amalga oshirdi.
📃Deputatlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha muassasani batafsil tekshirdi:
🔒 Xavfsizlik va muhofaza: Bolalar hayoti hamda sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha tashkiliy ishlar holati oʻrganilib, elektr tarmoqlari va barcha elektr jihozlarining xavfsizlik talablariga muvofiqligi tekshirildi.
📚 Taʼlim shart-sharoitlari: Bolalarning taʼlim olishi va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun zarur sharoitlar bilan taʼminlanganlik darajasi baholandi.
🌡 Muhandislik tizimlari: Isitish, yoritish va suv taʼminoti tizimlarining ishlash holati va xavfsizligi chuqur oʻrganildi.
🍽 Ovqatlanish va sanitariya: Bolalarni ovqatlantirish jarayonining sanitariya-gigiena talablariga muvofiqligi, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvining sifati hamda xavfsizligi sinchkovlik bilan tekshirildi.
💊 Tibbiy xizmat: Bolalar sogʻligʻini kundalik nazorat qilish va tibbiy xizmat koʻrsatish holati alohida eʼtibor bilan oʻrganildi.
🔍Oʻrganishlar davomida aniqlangan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari qayd etildi va bolalar xavfsizligini yanada mustahkamlash boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqildi.
📌Deputatlar oʻz nazorat vakolatlari doirasida keyingi qadamlarni belgilab, masʼul idoralar bilan muvofiqlashtirilgan holda muammolarni bartaraf etish ustida ishni davom ettirdi.