Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Dastur va loyihalar ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mansurxon Xayrulloyev xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Navroʼzov bilan birgalikda tumandagi “Shakarkent” MFYda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 07-maydagi “Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VM-300-sonli qarori ijrosini oʼrgandi. Jumladan, Shakarkent MFYdagi “D.Boboqulov” oilaviy shifokorlik punktining  yangi binosining qurilish jarayonlarini nazoratga oldi. Tibbiyot tashkiloti qaror asosida 3,2 mlrd.soʼmdan ortiq mablagʼlar hisobidan qurilishi belgilangan. Oʼrganishlar jarayonida deputat tomonidan mutasaddilarga qilinishi kerak boʼlgan ishlar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berdi hamda muammolar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3