Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

✅Mahallalarda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish, aholining daromad manbalarini kengaytirish hamda ularning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil tashkil etilmoqda.

✅Jumladan, mazkur o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X. Abdimo‘minov tomonidan 1-“Bandixon” saylov okrugi hududidagi “Bandixon” mahallasida olib borildi.

✅O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularni doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexlari faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

✅Tadbir yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, amalga oshirilayotgan ishlar ustidan nazoratni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4