Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan “Yoyilma” MFY hududidagi Asilobod, Saxiy Buxoriy, To‘ralar va Temur Malik ko‘chalarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘chalarning asfalt qoplamasi aholi hamda transport harakati uchun noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.
Deputat tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan, Marg‘ilon shahar hokimi o‘rinbosari M.Sotvoldievga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda ko‘chalar holatini qayta o‘rganish, ularni ta’mirlash va asfalt qoplamasini yangilash bo‘yicha choralar ko‘rish hamda natijasi yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalasi deputat nazoratida.

Slide 1 of 1