Yangiliklar

Deputat nazorati

Deputat nazorati
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 18–Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yuldosheva tomonidan nazorat tadbiri amalga oshirildi. Nazorat tadbiri doirasida hududdagi 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati tahlil qilindi.Nazorat tadbir davomida mazkur ta’lim muassasasi mas’uli Maxonova Nargiza tomonidan tashkilotning bugungi faoliyati, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya sifati hamda mavjud infratuzilma holati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar, bolajonlar uchun yaratilgan qulay muhit va mavjud ehtiyojlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mazkur nazorat tadbiri hududlarda ta’lim sifatini oshirish, bolalar uchun munosib sharoitlarni yaratish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1