Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar bilan ishlash — tizimli e’tiborda

Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Marina Murzametova Yunusobod tumanidagi Ahilobod mahallasida bo‘lib, yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqiy madaniyatini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, ularni ijtimoiy faollikka jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2