Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarorlari ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy shifokor punkti faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 33-sessiyasi 2026-yil 11-июнь kuni soat 10-00 ga belgilandi.
янв.21
Kanalizatsiya tarmoqlarini qurish bo‘yicha belgilangan ishlar yuzasidan nazorat-tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarning ta’mirlanish sifati deputat nazoratida
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan mahalla idorasi binosini qurilish ishlari bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 1–5-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
AHOLI MANFAATI YO‘LIDA HAMKORLIKDAGI QABUL

 AHOLI MANFAATI YO‘LIDA HAMKORLIKDAGI QABUL 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov, tuman Kengashi
deputati M.Sayfidinov, tuman prokurori S.Aminjonov hamda “MADAD” NNT tuman
vakili X.Qodirovlar birgalikda aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni
qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish va ularning huquq hamda qonuniy
manfaatlarini ta’minlash maqsadida fuqarolar qabulini o‘tkazdilar. 

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar,
yer va mulk munosabatlari, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirish va
amaliy tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, yechimi vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga
tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ijrosini nazoratga olish belgilandi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan esa mas’ul idoralar bilan hamkorlikda joyiga
chiqqan holda o‘rganish ishlarini tashkil etishga kelishib olindi.  

Slide 1 of 3