Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Zafarobod tumani Birlik mahallasida targʻibot yigʻilishlari boʻlib oʻtdi.

Zafarobod tumani Birlik mahallasida targʻibot yigʻilishlari boʻlib oʻtdi

☄️Xalq deputatlari тuman Kengashi deputati E.Narmatov, Nuroniy jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi T. Mamatqulov hamda mahalladagi Keksalar maslahati guruhi a’zolari ishtirokida Birlik mahallasida roʻza Ramazon oyi munosabati bilan targʻibot yigʻilishlari tashkil etildi.

☄️Tadbir davomida muborak oyda ahillik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, mahallada hasharlarni tizimli yoʻlga qoʻyish, ko‘chalar hamda ijtimoiy obyektlar, xususan maktablar atroflarini obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi. Hashar tadbirlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, hududlarni toza va ozoda saqlash har bir fuqaroning burchi ekani alohida takidlandi. 

Slide 1 of 3