#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati M. Ilxomov tomonidan “Sharq yulduzi” mahallasida joriy yilning I choragi yakunlari yuzasidan hisobot yig‘ilishi tashkil etildi.
📍 Mazkur uchrashuvda hududiy vakillik organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish maqsadida mahallalardan saylangan tuman Kengashi deputatlari, 22-son va 26-son oilaviy poliklinikalar bosh shifokorlari, shuningdek, tuman miqyosidagi tegishli tashkilot va xizmatlar mutaxassislari ishtirok etdilar.
🔖 Yig‘ilish davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijalari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘nalishidagi faoliyat yuzasidan batafsil axborot berildi.
💬 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda fuqarolar tomonidan irrigatsiya tizimiga oid 2 ta murojaat bildirildi. Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ishlari boshlab yuborildi.
❗️ Yig‘ilish yakunida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni tizimli hal etish, hududlarda infratuzilmani yanada yaxshilash, sog‘liqni saqlash hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.
📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)